O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreyalik investorlar qaysi sohaga qiziqmoqda?

2019-04-04 | Jamiyat

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida “O‘zbekiston – Koreya” biznes forumi o‘tkazildi. Unda Janubiy Koreyaning “Kostan”, “Dongsan engeeniering”, “People and landscape” kompaniyalari vakillari va mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir tuman hokimligi vakillarining joriy yil mart oyida Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida biznes va ishbilarmon doira vakillari bilan hamkorlik qilish maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga bag‘ishlandi.

Forumda Chiroqchi tumanining iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, Janubiy Koreyaning zamonaviy texnika va texnologiyalarini jalb etgan holda hududda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni mahalliy tadbirkorlar ishtirokida jalb etish masalalari muhokama qilindi.

– Tumanning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosan qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi, – deydi tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Tojiev. – Shundan, bir yilda o‘rtacha 65,1 ming tonnadan ziyod g‘alla, 15,2 ming tonna paxta xom ashyosi, 145,7 ming tonnadan ortiq sut, 41,1 ming tonna go‘sht, 212 tonna baliq, 673,2 tonna jun, 191 tonna pilla, 97,4 tonna asal mahsulotlari, shuningdek, 12,4 ming tonna turli mevalar, 53,9 ming tonna sabzavot, 9,6 ming tonna kartoshka, 7,6 ming tonna uzum, 23,8 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Bundan tashqari, sanoat sohasida 1 million 220,9 ming tonna marganes, 7 million 889,4 ming kub qum-shag‘al, 38 million 955,7 ming kub kvarset va polevoy shpat xom ashyosi, 2 million 84 ming kub marmar, 7 million 858 ming kub bintonit va pigmotit, 1 million 635 ming kub kremiy va qolaversa tayyor sement ishlab chiqarish uchun konlar mavjud. Ushbu mahsulotlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlagan holda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish bugunning muhim vazifasi. Shu bois bugungi forumda koreyalik hamkorlar bilan iqtisodiy salohiyatimizdan kelib chiqib, sanoat, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi sohalarida muzokaralar olib bormoqdamiz.

Forumda mahalliy tadbirkorlar Janubiy Koreyaning zamonaviy texnika va texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan kelishuv shartnomalari imzolab, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib oldi.

 

O‘.Barotov, O‘zA

Поделиться