O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent-Singapur: o‘zaro manfaatli hamkorlik davom etadi

2019-04-04 | Siyosat

Toshkent shahar hokimligida Singapur Respublikasi Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Davlat katta vaziri, Singapur Janubi-sharqiy okrugi meri Muhamad Maliki Bin Osman boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro muloqot davomida O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Toshkentda Singapur investitsiyasi asosida 70 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ikki tomonlama hamkorlik savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-ma’rifiy hamda boshqa sohalarda taraqqiy etmoqda.
Oliy martabali mehmon O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik va boshqa tadbirlarni alohida e’tirof etdi. Toshkentda ham tarixiy yodgorliklar saqlangani holda zamonaviy inshootlar nihoyatda ko‘payganini, poytaxt qiyofasi tobora ko‘rkamlashganini qayd qildi.

O‘z o‘rnida Singapurda har ikki yilda shaharlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan katta sammit o‘tkazilishini ma’lum qilib, Toshkent shahar hokimligi vakillarini ham ushbu tadbirga taklif etdi.

Muzokaralarda Singapurning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Zulkifli bin Baharuddin ham ishtirok etdi.

Поделиться