O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kinologlar ish faoliyati samaradorligi yanada ortadi
2019-04-04 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bo‘linmalari, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi vakillari va “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti kinologlari ishtirokida “Xizmat itlari yo‘riqchilarini tayyorlash va ular bilan tajriba almashish” nomi ostida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qismining majlislar zalida "Xizmat itlariga veterinariya xizmati ko‘rsatish” va “Xizmat itlarini saqlash, parvarishlash va oziqlantirish" yo‘nalishida seminar-trening o‘tkazildi. Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi “Kinologiya markazi”da “Antiterror”, “Mina qidirish” va “Portlovchi moddalarni qidirish" yo‘nalishlari bo‘yicha xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida qatnashchilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida kinologlarga biriktirilgan xizmat itlari bilan musobaqalar o‘tkazish, shuningdek, kinologlar ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish takliflari bildirib o‘tildi.