O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sportchilarimiz Italiyada o‘tkaziladigan xalqaro turnir va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishadi

2019-04-04 | Sport

Joriy yilning 7-15-aprel kunlari Italiyaning Pedkulo shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha an’anaviy "Paolo De Aloe" xalqaro turniri va o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham ishtirok etadi.

Ushbu xalqaro turnir va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida milliy va yoshlar terma jamoalarimiz a’zolari bo‘lgan 25 nafar sportchimiz qatnashadi. Ular murabbiylarimiz Sergey Tyan, Artyom Kudryashov va Fozilbek Xonxo‘jayev qo‘l ostida shug‘ullanishadi.

23 davlatdan jami 400 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etadigan tadbirlarda vakillarimiz 2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan sportchilarning texnik-taktik uslublarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ushbu xalqaro musobaqa sportchilarimiz uchun 2019-yilning avgust-sentabr oylarida Avstriyada bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori natijaga erishish uchun xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, xalqaro turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibiga kirishga nomzod bo‘lgan sportchilarning jismoniy va tayyorgarlik holati o‘rganiladi.

Поделиться