O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MTV da xalqaro bolalar kitobi kuni

2019-04-04 | Jamiyat

1802-yil 2-aprel kuni butun dunyo bolalarining sevimli yozuvchisi, har bir  kichkintoyga yod bo‘lib ketgan "Qor malikasi", "Irkit o‘rdakcha",  "Dyumovochka" kabi ertaklar muallifi Gans Xristian Andersen tavallud topgan kun. 1967 yili bolalar va o‘smirlar adabiyoti Xalqaro Kengashi nodavlat tashkiloti tomonidan ushbu sana "Xalqaro bolalar kitobi kuni" deb e’lon qilingan va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanib kelmoqda.

Aynan shu kuni maktabgacha ta’lim vaziri A.V.Shin boshchiligidagi vazirlik mas’ul xodimlaridan iborat guruh Toshkent shahridagi 29-sonli umumiy va 560-sonli maxsus MTMlarga tashrif buyurdilar va tarbiyalanuvchilarga vazirlik sovg‘alari - 450 dan oshiq kitoblar, rivojlantiruvchi o‘yinlar, bolalar entsiklopediyasini o‘z ichiga olgan to‘plamlarni sovg‘a qildilar. Vazirlik guruhiga estrada yulduzi Lola Yo‘ldosheva ham hamrohlik qildi. 29-sonli MTM tarbiyalanuvchilariga keltirilgan kitoblardan hohlaganini tanlab olishga ruhsat berilgan zahoti, sovg‘alar solingan qutilar bir zumda bo‘shab qoldi.Bolakaylar mehmonlarga o‘qish va yozishni bilishlari haqida faxrlanib gapirdilar hamda kitoblarni o‘zlari o‘qib chiqishlarini bildirdilar.Minnatdorchilik sifatidagi kichik chiqishlarida esa yod olgan she’rlarini aytib berdilar. Mehmonlarga kelgusi safardagi tashriflariga  qadar barcha kitoblarni o‘qib bo‘lishga va’da berdilar.

560-sonli maxsus MTM tarbiyalanuvchilariga ham turli ertaklar, rivojlantiruvchi o‘yinlar to‘plamlari sovg‘a sifatida topshirildi. Ushbu muassasa tarbiyalanuvchilari sanoqni bilishlari, harflarni taniy boshlaganliklarini ko‘rsatdilar. Agrippina Vasilevna Shin alohida parvarishga muhtoj bolalarga mo‘ljallangan ushbu muassasa xodimlariga jonkuyarliklari, o‘z vazifalarini sidqidildan bajarayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Поделиться