O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Festival doirasida ommaviy axborot vositalari taqdirlanadi

2019-04-04 | Madaniyat

Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish maqsadida “Internetdagi eng yaxshi targ‘ibotchi”, “Eng yaxshi videoyeportaj”, “Eng yaxshi fotoreportaj”, “Eng yaxshi maqola: Surxon vohasi tarixini aks ettiruvchi maqola va Xalqaro baxshichilik festivali haqidagi maqola” yo‘nalishlari bo‘yicha TANLOV e’lon qilindi.

Tanlovda quyidagi mavzular bo‘yicha mukofot mablag‘lari belgilandi:

- Baxshichilik to‘g‘risida;

- “Alpomish” dostonining tug‘ilgan qutlug‘ maskani;

- Boysun tarixiy-madaniy merosi ob'yekti haqida;

-“Ko‘shonlar imperiyasi davrida Surhon vohasining tutgan o‘rni”.

Mazkur yo‘nalishlar g‘oliblarining har biriga 5 million so‘mdan mukofot puli  beriladi. Mukofot jamg‘armasi 50 million so‘mni tashkil etadi.

G‘oliblar festival yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida taqdirlanadi.

Поделиться