O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi va «The Economist Intelligence Unit» O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash borasida hamkorlik qiladi

2019-04-04 | Jamiyat

Joriy yilning 2-aprel kuni Adliya vazirligida  «The Economist Intelligence Unit» Britaniya kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

«The Economist Intelligence Unit» The Economist (EIU) jurnalining 1946-yilda asos solingan analitik bo‘limi va uning asosiy maqsadi ko‘plab mamalakatlar, xalqaro tashkilotlar hamda yirik transmilliy koorporatsiyalar uchun biznesni tahlil qilish hisoblanadi. 

«The Economist Intelligence Unit» saylov jarayoni masalalari, plyuralizm, hukumat faoliyati, fuqarolik erkinligi, siyosiy madaniyat va mamlakatda aholining siyosiy faolligi kabi ko‘rsatkichlarga asoslangan xalqaro demokratik indeks va mamlakat xatarlari indeksi kabi muhim xalqaro indekslar tuzadi.

Adliya vazirining o‘rinbosari X.Meliyev mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Adliya vazirligining xalqaro tashkilotlar tomonidan umumiy qabul qilingan reytinglarda mamlakat pozitsiyasini yaxshilashdagi o‘rni haqida so‘zlab berdi. 

Uchrashuv chog‘ida tomonlar davlat va jamoat qurilishining turli sohalarida erishilgan yutuqlarning samaradorligini baholash uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan metodologiya va mezonlar bo‘yicha fikr almashdi. 

Tadbir yakunida "The Economist Intelligence Unit" Britaniya kompaniyasining delegatsiyasi xalqaro hamjamiyatga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xolis ma’lumot berishga va respublikaning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berishga tayyor ekanini bildirdi.

Поделиться