O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazmda respublikasi seminari yakunlandi
2019-04-03 | Texnologiyalar
2-aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan “Hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik munosabatlari” mavzuidagi ikki kunlik respublika seminari yakunlandi.
“Biz – bir jamoa, biz – bir oilamiz” shiori ostida oʻtkazilgan seminarning asosiy maqsadi AKT sohasida hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish, erishilgan natijalarni tizimdagi korxonalar oʻrtasida keng targʻib qilish, soha xodimlarining kasbiy malakasi va bilim darajasini oshirishdan iborat.
Seminar davomida ishtirokchilar vazirlik tomonidan Xorazm viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Urganch shahridagi 30-maktabda tashkil etilgan kompyuter texnologiyalari, robototexnika, kibersport boʻyicha maxsus toʻgarak faoliyati bilan tanishishdi.
Tadbirning ikkinchi kuni ishtirokchilar Xiva shahrida ochilgan Raqamli texnologiyalari oʻquv markazini borib koʻrishdi, shuningdek, Xiva aloqa tarixi muzeyi, shahardagi Ichan qalʼa majmuasida boʻlishdi.