O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning “Eczacibasi Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-04-03 | Iqtisodiyot

Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning “Eczacibasi Group” kompaniyasi bosh direktori Atalay Gyumrax, korporativ va davlat aloqalari boʻyicha katta maslahatchi Devrim Chubukchu va biznesni rivojlantirish menejeri Timuchin Bulbul ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Eczacibasi Group” 42 ta sanoat guruhini birlashtirgan Turkiyaning eng yirik kompaniyalaridan biridir. Uning yillik tovar aylanmasi 3mlrd. AQSH dollaridan ortadi. Qurilish materiallari, isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, foydali qazilmalar va sogʻliqni saqlash kompaniya faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridir. Shuningdek, kompaniya sanitariya-gigiyena qogʻozlari, payvandlovchi elektrodlar va elektron smart kartalar eksporti boʻyicha ham yetakchi hisoblanadi. “Eczacibasi Group” dunyoga mashhur VitrA, Burgbad, Villeroy va Boch Engers brendlari egasi hamdir.

Поделиться