O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Tashkent Law Spring”: OAV ni akkreditatsiyadan oʻtkazish 15-aprelda yakunlanadi
2019-04-03 | Jamiyat
Toshkentda 25-apreldan 27-aprelga qadar boʻlib oʻtadigan “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish davom etmoqda. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.
Akkreditatsiya forumning barcha tadbirlari ishida majburiy sanaladi. Zayavkalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 15-aprel. OAVni akkreditatsiyadan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya tartibi:
• OAV rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan akkreditatsiya formasini toʻldirish (milliy media uchun).
• Toʻldirilgan formani ishtirokchi pasportining nusxasi va (beydjik uchun) 3,5x4,5 fotosuratni ilova qilgan holda, accreditation@tashkentlawspring.uz; press@minjust.gov.uz. elektron manziliga yuborish.
Xorijiy OAV vakillari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan akkreditatsiya guvohnomasining nusxasi va belgilangan oʻlchamdagi (3,5x4,5) fotosuratni taqdim etish zarur. Mazkur hujjatlarni accreditation@tashkentlawspring.uz; press@minjust.gov.uz. elektron manziliga yuborish kerak.
Akkreditatsiyadan oʻtgan OAV vakillari quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
- munozara va amaliy tadbirlarda ishtirok etish;
- tadbirlar dasturi toʻgʻrisidagi maʼlumotni olish;
- Forum oʻtkaziladigan hududda video yoki foto suratga olish ishlarini amalga oshirish;
- jurnalistlar faoliyati uchun moʻljallangan barcha servislardan foydalanish;
- matbuot markazi bor boʻlgan holatda, Forum kunlarida, mazkur matbuot markazida ishlash;
- matbuot anjumanlari, brifinglar va turli tadbirlarda ishtirok etish.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun (+99871) 233-39-84, (+99890) 314-66-77, (+99894) 668-00-58, (+99871) 268-28-43 telefon raqamlari orqali Forum Tashkilotchisining matbuot markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Akkreditatsiyaga oid batafsil maʼlumotlar bilan https://tashkentlawspring.uz/ru/pages/accredation havolasidan oʻtgan holda, tanishish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, poytaxtimiz mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba davlat organlari, xalqaro, milliy va xorijiy yuridik va konsalting tashkilotlari, ilmiy va ekspertlar doiralari vakillari toʻplanadigan markazga aylanadi.
“Tashkent Law Spring” — bu munozarali yigʻilishlar, tanishuvlar, samarali muloqotlar, qiziqarli madaniy dasturlar deganidir. Shuningdek, sud ekspertizasi va notariat boʻyicha davra suhbatlari oʻtkazish rejalashtirilgan. Forum davomida “Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi”, “Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat” kabi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtadi.