O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekistonga Singapur delegatsiyasining tashrifi toʻgʻrisida
2019-04-02 | Siyosat
2019-yilning 2-aprel kuni Oʻzbekistonga Singapur Respublikasi Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Davlat katta vaziri, Singapur Janubi-sharqiy okrugi meri Muhamad Maliki Bin Osman boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan keldi.
Tashrif dasturidan Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar, Mudofaa, Investitsiyalar va tashqi savdo, Maktabgacha taʼlim vazirliklarida, Toshkent shahar hokimiyatida va boshqa idoralarda uchrashuv va muzokaralar oʻrin olgan.
Singapur delegatsiyasi, shuningdek, Samarqand shahriga ham boradi.