O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Urugvay Elchisi bilan uchrashuv
2019-04-02 | Siyosat
2019-yilning 2-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Urugvay Sharqiy Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Enrike Xuan Delgado Xentani qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Vazir Elchini Oʻzbekistondagi missiyasi boshlangani bilan tabrikladi va masʼuliyatli vazifani bajarishda muvaffaqiyat tiladi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Urugvay hamkorligining istiqbollari koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Urugvayning geografik jihatdan bir biridan uzoqda joylashganiga qaramay, ayrim sohalarda aloqalarni faollashtirish uchun real imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.
Suhbat davomida xalqaro tashkilotlar shaklidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.