O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda jamoat transporti yangilanmoqda
2019-04-02 | Jamiyat
“Toshshahartransxizmat” AJ muntazam ravishda barcha yoʻnalishlardagi avtobuslarning harakati, ularga boʻlgan talab hamda yoʻlovchilar oqimini monitoring qilib bormoqda.
Shu asosda 2 apreldan boshlab “MAN” va SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar harakat tigʻiz yoʻnalishlarga biriktirildi. Xususan, “Qoʻyliq-1 va Yunusobod-9” mavzelari oraligʻida qatnovchi 93- avtobus yoʻnalishida amalda harakatlanayotgan transportlarga yana 5 ta “MAN” rusumli yangi avtobuslar biriktirildi. Bu bilan ushbu yoʻnalishdagi jamoat transportining 80 foizi yangilandi va oraliq masofa harakat jadvaliga mos boʻlishiga erishildi.
Bundan tashqari “Yunusobod-19 mavzesi va Toshkent Xalqaro aeroporti” oraligʻida qatnovchi 67-yoʻnalishdagi eski “Isuzu” rusumli avtobuslari oʻrniga oʻrta sigʻimli SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar biriktirildi.
Shahar transport xizmati sifatini yanada yaxshilash yoʻnalishidagi ishlar davom ettirilmoqda.