O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dzyudochilarimizning Tokio-2020 olimpiadasidagi reytingi qanday?

2019-04-02 | Sport

Maʼlumki, 2018-yilning may oyidan boshlab dzyudo sporti boʻyicha 2020 yilgi Tokioda boʻlib oʻtadigan yozgi olimpiada oʻyinlari uchun reyting ochkolarini jamgʻarish boshlangan edi.

Ayni paytga kelib jahon chempionati, Masters, Katta dubulgʻa, Gran-pri kabi koʻplab nufuzli turnirlar oʻtkazildi va unda polvonlar qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarib borishmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rasmiy sayti mamlakatimiz dzyudochilarning Tokio-2020 olimpiadasi reytingidagi oʻrinlarini eʼlon qildi.

-60 kg:

1. Robert Mshvidobadze (Rossiya) – 2251 ochko

8. Sharofiddin Lutfullayev – 1220 ochko (yoʻllanma zonasida)

35. Diyorbek Oʻrozboyev – 378 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

-66 kg:

1. Joshiro Maruyama (Yaponiya) – 2250 ochko

13. Sardor Nurullayev – 877 ochko (yoʻllanma zonasida)

24. Shahram Ahadov – 569 ochko (yoʻllanma zonasida)

-73 kg:

1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 1955 ochko

15. Hikmatilloh Toʻrayev – 831 ochko (yoʻllanma zonasida)

-81 kg:

1. Sagi Muki (Isroil) – 1975 ochko

39. Sharofiddin Boltaboyev – 348 (yoʻllanma zonasida emas)

-90 kg:

1. Nikoloz Sherazadishvili (Ispaniya) – 2451 ochko

54. Davlat Bobonov – 261 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

-100 kg:

1. Varlam Liparteliani (Gruziya) – 2351 ochko

23. Muhammadkarim Xurramov – 626 (qitʼaviy kvota)

+100 kg:

1. Guram Tushishvili (Gruziya) – 2255 ochko

4. Bekmurod Oltiboyev – 1360 ochko (yoʻllanma zonasida)

Guvohi boʻlganingizdek, ayni paytda 6 nafar dzyudochimiz olimpiada oʻyinlari uchun beriladigan yoʻllanma zonasida turishibdi va ular orasida eng yaxshi imkoniyatga ogʻir vaznli polvonimiz Bekmurod Oltiboyev ega.

Tokio-2020 olimpiadasiga reyting ballarini yigʻishning soʻnggi muddati esa 2020-yil 25-may etib belgilangan. Umid qilamizki, bir yildan oshiqroq vaqt davomida qolgan sportchilarimiz ham oʻz reytingini yaxshilab oladi va XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida dzyudo boʻyicha terma jamoamiz toʻliq tarkib bilan ishtirok etadi.

Поделиться