O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasida davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratish uchun tanlov eʼlon qilindi

2019-04-02 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamkorligida, turizm sohasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov oʻtkazilmoqda.

 

 

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashni talab qiluvchi davlat organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari

Davlat buyurtmachisi 

Mablagʻ 

(mln. soʻm)

1.

Ustuvor yoʻnalish: Mamlakatning turizm salohiyatini oshirish, tarixiy-madaniy merosni keng targʻib etish.

Maqsad: Mamlakatimiz aholisining ichki turizm boʻyicha sayyohlik faolligini oshirish, respublika hududlari bilan bogʻliq tarix haqida maʼlumotga ega boʻlish orqali ularda Vatanga sodiqlik hissini uygʻotish.

Vazifalar:

aholining ichki turizm boʻyicha sayyohlik faolligini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlarini tashkil qilish;

turizmni rivojlantirishga qarshilik qilayotgan barcha gʻov va toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;

aholining ichki turizm faolligini oshirishga qaratilgan videorolik yaratish va uni OAV orqali yoritish;

aholini ichki turizmga chorlashga yoʻnaltirilgan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!”, “Men Vatanimni sevaman”, “Biz oilaviy sayohatchilarmiz” kabi shiorlar ostida festivallar va boshqa yirik tadbirlarni tashkil etish.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

150

2.

Ustuvor yoʻnalish: Tarixiy obidalarni, yaxshi oʻrganilmagan madaniy obyektlar toʻgʻrisida toʻlaqonli maʼlumotlarni toʻplash va ularni internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

Maqsad: Respublikamizdagi muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalarni, yaxshi oʻrganilmagan madaniy obyektlar toʻgʻrisida toʻlaqonli maʼlumotlarni toʻplash, ularni OAV, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish orqali aholi xabardorligini oshirish, ularda Vatanimiz tarixini oʻrganishga boʻlgan qiziqishini yuksaltirish.

Vazifalar:

mamlakatimiz boʻylab muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalar, yaxshi oʻrganilmagan madaniy obyektlar toʻgʻrisida toʻlaqonli maʼlumotlarni toʻplash maqsadida, soha mutaxassislaridan iborat guruh tashkil qilish va maʼlumot toʻplash bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish;

toʻplangan maʼlumotlarni OAV, shu jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda aholiga tushunarli va qiziqarli tarzda keng yoritish, shuningdek ushbu maʼlumotlar asosida qisqa videoroliklar tayyorlash va namoyish etish;

mamlakatning turizm salohiyatini yanada ochib berish, yangi turizm yoʻnalishlarini targʻib qilish boʻyicha tadbirlar (media tur, info tur va boshqa) tashkil qilish;

mamlakatdagi 14 ta hududining har biri uchun oʻziga xos hududni tasvirlovchi mahsulot yaratishga qaratilgan tanlov tashkil etish va nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni ragʻbatlantirish.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

250

 
 

Ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

ijrochi tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi zarur;

davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqligi;

ijrochi tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy, kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

ijrochi tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va oʻz vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, amaldagi qonun hujjatlariga toʻliq rioya etish.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Ariza taqdim etayotgan NNT, fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
  2. www.fundngo.uzsaytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlar 2019 yil 28 martdan 30 aprelgacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va natijalari eʼlon qilinadi.

Hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi” nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100163, Toshkent shahri Islom Karimov koʻchasi, 43-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

Поделиться