O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XVJ ekspertlari ishtirokida master-klass boʻlib oʻtdi
2019-04-02 | Iqtisodiyot
1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) ekspertlari ishtirokida, akademiya tinglovchilari uchun byudjet-soliq sohasida shaffoflik va davlat moliyaviy statistikasi mavzularida master-klass boʻlib oʻtdi.
Master-klass interaktiv tarzda olib borilib, XVJning Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga texnik koʻmak koʻrsatish va byudjet-soliq sohasida shaffoflikni baholash boʻyicha takliflar borasidagi ishlarni davom ettirish doirasida joriy yilning 25-martidan 5-apreliga qadar tashrifi doirasida tashkillashtirildi.
Master-klass davomida byudjet sohasida shaffoflikni taʼminlash, davlat moliyaviy boshqaruvini takomillashtirish xamda davlat moliyaviy statistikasida byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari hisob raqamlari mablagʻlarini aks ettirishga taalluqli boʻlgan bir qancha masalalar muhokama qilindi.
Maʼlumki Bank-moliya akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi bank va moliya sohalarida faoliyat yurituvchi rahbar xodimlar zaxiralarini tayyorlaydi. Ushbu master-klassni oʻtkazishdan maqsad boʻlgusi rahbar xodimlarni nafaqat xalqaro ilgʻor tajribalar bilan tanishtirish balki Oʻzbekistonda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlardan xabardor qilishdan iborat.
Ekspertlar tinglovchilarning xorijiy tillar va davlat moliyasi borasidagi bilim va koʻnikmalarini yuqori baholadilar.
XVJning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga koʻmak koʻrsatish va byudjet-soliq sohasida shaffoflikka tegishli takliflar ishlab chiqish boʻyicha navbatdagi tadbirlarni amalga oshirish borasidagi missiya tashrifi joriy yilning 5 apreliga qadar davom etadi.