O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIVda uchrashuv

2019-04-02 | Siyosat

2019-yilning 1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Piter Burian va Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Roland Kobia boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

- Afgʻonistonda siyosiy jarayonni boshlashga koʻmaklashish borasidagi Oʻzbekistonning saʼy-harakatlari va mazkur yoʻnalishda kutilayotgan hamkorlik;

- Oʻzbekiston Afgʻonistonda amalga oshirayotgan yirik infratuzilma loyihalari;

- Afgʻonistonga iqtisodiy koʻmaklashish doirasida ikki va koʻp tomonlama ijtimoiy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish istiqbollari;

- afgʻon yoshlarini yangi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitish, xususan tibbiyot va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashda Afgʻonistonga koʻmaklashish borasidagi Oʻzbekistonning saʼy-harakatlari.

Tashrif doirasida YI delegatsiyasi Surxondaryo viloyatiga boradi va “Termiz Kargo” logistika markazi faoliyati, uning Afgʻoniston bilan savdoni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga va eksport-import operatsiyalari hajmini oshirishga yoʻnaltirilgan imkoniyatlarini kengaytirish borasida koʻrilayotgan choralar bilan tanishadi.

Suhbatda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Rahbari, Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.

Поделиться