O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIVda “Eczacıbaşı” turk kompaniyasi bilan investitsion hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

2019-04-02 | Iqtisodiyot

2019-yilning 1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Alisher Abdualiyev “Eczacıbaşı” turk kompaniyasi prezidenti Atalay Gyumrah bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida turk kompaniyasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini va ilgʻor texnologiyalarini jalb qilish orqali togʻ-kon tarmogʻida, quyosh energetikasi, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Turkiya delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida, Iqtisodiyot va sanoat vazirligida, Gеоlоgiya vа minеrаl rеsurslаr davlat qoʻmitаsida, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida, Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar oʻtkazish, Samarqand viloyatiga borish rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi bergan maʼlumotlarga koʻra 42 ta kompaniyani oʻzida birlashtiruvchi “Eczacıbaşı” gruhi Turkiyadagi yirik sanoat konsernlaridan biri. Umumiy aylanmasi 3,1 mlrd. AQSh dollariga teng va 12,5 mingta xodimga ega.

Поделиться