O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shveysariya TIV maxsus vakili bilan uchrashuv

2019-04-01 | Siyosat

2019-yilning 1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Shveysariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Suv masalalari boʻyicha maxsus vakili Gay Bonvin bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston – Shveysariya munosabatlarining, jumladan xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarning muhim jihatlari boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuvda Shveysariya sezilarli tajribaga ega boʻlgan suv resurslarini oqilona boshqarish, qishloq aholisini suv bilan taʼminlash kabi yoʻnalishlardagi hamkorlikning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli aloqalarni, jumladan Shveysariyaning Markaziy Osiyo uchun 2017-2020-yillarga moʻljallangan hamkorlik strategiyasini amalga oshirishni yanada rivojlantirishga oʻzaro qiziqish bildirildi.

Поделиться