O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ota-ona boʻlish sanʼati” mavzusida tadbir oʻtkaziladi

2019-04-01 | Jamiyat

Joriy yilning 3 aprel kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyida xalqaro miqyosdagi maʼruzachilar ishtirokida “Ota-ona boʻlish sanʼati” mavzusida tadbir oʻtkaziladi.

Psixologiya fanlari doktori, Rossiya taʼlim akademiyasining akademigi Shalva Amonashvili ota-onalarning farzandlariga boʻlgan munosabati hamda tarbiyada qanday koʻnikmalarga ega boʻlish kerakligi haqida tushuncha beradi.

Hozirgi zamonda yoshlarda uchraydigan muammolar asosan, bilim olishni istamaslik, turli xil gadjetlarga qiziqish, ota-ona va farzand oʻrtasidagi muloqotlarning kamayishi bilan bogʻliq boʻlmoqda. Natijada turli xil tushunmovchiliklar paydo boʻlib, oilada zoʻravonlik va muhitning salbiy tomonga oʻzgarishi kuzatilmoqda.

Bolalarning erkaliklari, yaʼni ularning oʻjarligi bir qarashdaoddiy hol boʻlib koʻrinsa-da, lekin kelajakda farzandlar feʼl-atvorida salbiy xususiyatlarni shakllantirishi mumkin.

Oiladagi muhit, avvalo, ota-onalarning farzandlari bilan munosabatiga bogʻliq. Bolaning qoʻpolligi, shavqatsizligi, befarqligi, intizomsizligi, odatda, oiladagi munosabatlarning salbiy ekanligidan yuzaga keladi. Bu otaning onaga, shuningdek, ota-onalarning farzandlariga yoki boshqalarga boʻlgan munosabatiga bogʻliq. Sir emaski, bugun hayotda asabiylashish, ruhiy charchash holatlari tobora koʻpayib, qiyin vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda. Oqibatda tarbiyasi ogʻir bolalar koʻpaymoqda. Koʻpgina oilalarda ota-ona va farzandlar oʻrtasida iliq munosabatning yetishmasligi tobora ortib bormoqda.

Shu boisdan ham “Ota-ona boʻlish sanʼati” mavzusi bejiz tanlanmadi. Ota-ona boʻlish faqatgina bolani dunyoga keltirish va uni erkalash kerak degani emas. Aksincha, bolalarni savodli va ongli qilib tarbiyalash juda muhimdir. Tezkor oʻzgarib borayotgan jamiyatda ota-onalardan yangi bilim va koʻnikmalar, oʻz ustida doimiy ishlash talab etiladi.

Tadbirda Marina Targakova (Qozogʻiston), Sergey Avakov (Rossiya) va L. Muhammetshina (Singapur) kabi maʼruzachilar ham qatnashadi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etiladi.

Поделиться