O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bayram dasturxoni: 7 tonnalik sumalak xayriya maqsadida tarqatildi
2019-04-01 | Madaniyat
30-mart kuni Toshkent Central Parkida boʻlib oʻtgan 7 tonnalik anʼanaviy sumalak taomini tayyorlash jarayoni yakunlandi.
Shu munosabat bilan bogʻda xalq sayli va bolalar uchun bayram tadbirlari oʻtkazildi. Tayyor sumalak tashkilotchilar tomonidan maxsus bankalarga qadoqlanib, tadbir ishtirokchilari va mehmonlariga tarqatildi. Milliy taomimizning aksariyat qismi xayriya maqsadida “Mehribonlik” nomli bolalar uyi va boshqa mehribonlik uylariga yuborildi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga alohida minnatdorchilik bildirishdi.