O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston matematik olimlari xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

2019-04-01 | Fan

Soʻnggi ikki yillikda mamlakatimizda ilm-fan va taʼlim integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirishda keng islohotlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning mart oyi yakunida Oʻzbekiston milliy universitetining bir guruh matematik olimlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida tashkil etilgan “Matematik fizika va kompleks analiz” mavzusida boʻlib oʻtgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.

Konferensiyada Italiya, Fransiya, Shvetsiya, Isroil,Turkiya va boshqa rivojlangan davlatlarning matematik olimlari ishtirok etishdi. Konferensiya davomida ilm-fandagi yutuqlar, dolzarb muammolar, yangi yoʻnalishlar anjuman qatnashchilari diqqat markazida boʻldi. Ayniqsa, fizika-matematika fanlari doktori, professor Gulmirza Xudoyberganovning “Koʻp kompleks oʻlchamli analizning klassik sohalar muammolari”ga bagʻishlangan ilmiy maʼruzasi muhokamasi konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Xususan, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Ye.M.Chirka kompleks analiz sohasi boʻyicha Oʻzbekistonda yaratilgan maktabning yutuqlari asosida buyuk tarixiy olimlar Al Xorazmiy, Al Fargʻoniy, Mirzo Ulugʻbeklarning anʼanasi davom etayotganligini, bu esa ilm-fan taraqqiyoti yoʻlidagi muvaffaqiyat ekanligini eʼtirof etib oʻtdi.

Поделиться