O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Salomatlikning birinchi sharti – sogʻlom turmush tarzi

2019-04-01 | Sog‘liqni saqlash

Samarqand davlat tibbiyot institutida “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish hamda sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish” mavzusida xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

Unda mamlakatimiz, shuningdek, Buyuk Britaniya, Daniya, Rossiya davlatlaridan kelgan olimlar, shifokorlar ishtirok etmoqda.

– Oʻzbekistonda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, kasalliklarning 85 foizi sogʻlom turmush tarziga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqmoqda, – deydi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi bosh vakili Liann Kuppens. – Kamharakatlilik, meʼyordan koʻp ovqatlanish va tuzni ortiqcha isteʼmol qilish kasalliklarni keltirib chiqarayotgan asosiy omillardir. Ana shu jihatlar hisobga olinib, ayni paytda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish borasida olib borilayotgan profilaktik ishlar diqqatga sazovor.

Anjumanda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa hududiy idorasi, Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish, nazorat qilish va qarshi kurashish dasturi yetakchi rahbari Jill Farington, Rossiya koloproktologiya oʻquv markazi direktori, Rossiya fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi Yuriy Sheligin va boshqalarning mavzuga oid maʼruzalari tinglandi.

 

Gʻ.Hasanov, A.Isroilov (surat) OʻzA

Поделиться