O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tadbirkorlarning mehmonxona biznesiga oʻsib borayotgan qiziqishi aniq raqamlarda
2019-03-29 | Turizm
Davlatimiz Rahbari tomonidan soha rivoji yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi tobora ortib bormoqda.
Oʻz navbatida sayyohlar oqimining keskin ortib borishi hududlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi turizm obyektlari tashkil etishga turtki boʻlib, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida hududlarda jami 2 038 oʻrinli 40 ta joylashtirish vositalari (mehmonxona) qurilib, foydalanishga topshirildi.
Xususan, Toshkent shahrida 451 oʻrinli 10 ta, Buxoro viloyatida 160 oʻrinli 6 ta, Samarqand viloyatida 108 oʻrinli 4 ta, Xorazm viloyatida 430 oʻrinli 9 ta mehmonxonalar foydalanishga topshirildi.
Buning natijasida bugungi kunda respublikadagi joylashtirish vositalari (mehmonxona) soni 966 tani tashkil yetib, ulardagi oʻrinlar soni 43 423taga yetdi.
Shuningdek, hududlardan olingan maʼlumotlarga koʻra, ayni kunlarda 14 634 oʻrinli 138 ta joylashtirish vositalari shu jumladan, 13 196 ta oʻrinli 3 va 4 yulduzli 93 ta joylashtirish vositalarini qurish ishlari davom etmoqda.