O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Byudjet-soliq sohasida shaffoflikni oshirishda texnik koʻmak boʻyicha Xalqaro valyuta jamgʻarmasining tashrifi

2019-03-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 25-martidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida byudjet-soliq sohasida shaffoflikni oshirish va davlat moliyaviy statistikasini taqdim qilinishini takomillashtirish boʻyicha texnik koʻmak doirasida Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (byudjet masalalari boʻyicha boshqarmasi) A. Sayeg boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Missiya tashrif joriy yilning 5 apreliga qadar davom etadi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining mazkur missiyasi byudjet jarayonining shaffofligi va ochiqligini oshirish, byudjet maʼlumotlarining aholi, xorijiy investorlar va boshqa manfaatdor subyektlar uchun qulayligini taʼminlash xamda byudjet jarayonida fuqarolar ishtirokini oshirish borasida 2018-yildagi islohotlarning uzviy davomidir.

Tashrif davomida, Xalqaro valyuta fondining ekspertlari davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari, uzoq va qisqa istiqbollari borasidagi rejalari, tavsiyalarini muhokama qilish yuzasidan birqancha vazirlik va idoralarining vakillari bilan uchrashadilar.

Bundan tashqari, xalqaro ekspertlarning vazirlik va idoralar, byudjet mablagʻlari taqsimlovchilari, davlat korxonalari va boshqa birqancha tashkilotlar vakillari uchun davlat moliyaviy statistikasini takomillashtirish va byudjet ochiqligini taʼminlash, byudjet mablagʻlari oluvchilari tomonidan taqdim qilinadigan hisobotlarni taqdim qilish tartibi borasida rejalashtirilayotgan oʻzgarishlarni yoritilishi nazarda tutilgan seminar boʻlib oʻtishi koʻzlangan.

Shu bilan birga tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari uchun master-klass boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Поделиться