O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vakil oʻrinbosari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi
2019-03-28 | Iqtisodiyot
2019 yil 27 mart kuni Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasidagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat va nodavlat tuzilmalarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish va ularni rivojlantirish usullarini aniqlash, shuningdek chet el va mahalliy investitsiyalarini Oʻzbekistonga jalb qilishni ragʻbatlantirishdan iborat boʻldi.
Tomonlar shuningdek, tadbirkorlik sohasini oshkoraligini va rivojlantirishga qaratilgan institutlarini qoʻllab-quvvatlashga YERTB investitsion iqlim va boshqaruv tashabbusida (Investment Climate and Governance Initiative) hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mumkinligi qayt etildi.
Ushbu tashabbus investitsiya tavsiyalari orqali davlat va xususiy sektor oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatishdan iborat. Ushbu maslahatlar shaffofligini oshirishga, maʼmuriy yuklarni kamaytirish va biznesni tartibga solish, shuningdek, bozorlar uchun huquqiy bazani mustahkamlashga qaratilgan.
Investitsiya muhitini yaxshilash va xoʻjalik va boshqaruvini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va manfaatlarini, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yordam beradigan oʻxshash xalqaro institutlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida, tomonlar oʻzaro anlashuv memorandumi ishlab chiqishni nazarda tutdilar.