O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

2019-03-28 | Jamiyat

2019-yilning 26-mart kuni Oʻzbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarosi Maftuna Xolmatovaning ushbu shahar tumanlaridan birida majburan ushlab turilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olib mahalliy politsiya hokimiyatiga rasmiy murojaat qildi. Natijada hamyurtimizning joylashgan manzili aniqlandi hamda u bilan konsullik xodimlari uchrashdi.

Ushbu Oʻzbekiston fuqarosining xabar berishicha, u 2018-yilning iyun oyida Namangan shahridagi nikoh agentligi vositasida XXR fuqarosi Yao Venxao bilan tanishadi hamda vaʼdalariga ishonib rasmiy nikohni qayd etgandan soʻng Xitoyga turmush oʻrtogʻining yoniga uchib ketadi. Uning soʻzlariga koʻra, yetib borganidan buyon ogʻir ijtimoiy sharoitda yashagan, unga ovqat berishmagan, urishgan, tahqirlashgan hamda pasportini olib qoʻyishgan. U oʻziga yetkazilgan aziyatlarga chidolmay bir necha marta qochishga uringan.

Politsiya boʻlimi boshligʻi ham ishtirok etgan suhbatdan soʻng Oʻzbekiston fuqarosi Bosh konsulxonaga topshirilgan. 28-mart kuni Pekin shahri orqali uchgan aviareysda hamyurtimiz Toshkentga yetib keldi.

Boshqa mamlakatlarda fuqarolarimiz bilan sodir boʻlgan bu kabi faktlar yagona emasligini inobatga olib, TIV Konsullik-huquqiy departamenti Oʻzbekiston fuqarolariga uzoq muddatga xorijiy davlatga borganda Oʻzbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik hisobida turishni hamda bu kabi va boshqa murakkab hayotiy vaziyatlarda ularga murojaat qilishni qatʼiy tavsiya etadi. Bunday holatlarda milliy pasportni boshqa shaxslarga berish mumkin emas.

Поделиться