O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy bankda “MasterCard Europe” vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

2019-03-28 | Iqtisodiyot

Tomonlar HUMO milliy toʻlov tizimining imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Joriy yilning 27-mart kuni Markaziy bankda “MasterCard Europe” vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Markaziy bank axborot xizmati maʼlum qilishicha, uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz toʻlovlarni rivojlantirish doirasida oʻzaro hamkorlik, shuningdek, xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanishni taʼminlash maqsadida HUMO milliy toʻlov tizimining imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar Markaziy bank va MasterCard Europe oʻrtasida chora-tadbirlar protokolini imzoladilar. Hujjatda oʻzaro aloqalarni va hamkorlikni kengaytirish maqsadida HUMO toʻlov tizimi tarmogʻida toʻlov vositalarini qabul qilish sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish, yaratilgan toʻlov infratuzilmasida MasterCard kartalarining foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha birgalikda tadbirlar oʻtkazib borish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda Master Card toʻlov vositalaridan foydalangan holda HUMO toʻlov kartalari imkoniyatlarini kengaytirish istagini bildirdilar.

Поделиться