O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

KOSTAT delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

2019-03-28 | Jamiyat

Аyni kunlarda Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT)ning 5 kishidan iborat vakillari Davlat statistika qoʻmitasiga rasmiy tashrif bilan kelishdi. Mazkur tashrif Davlat statistika qoʻmitasi va Koreya Respublikasi statistika tashkiloti (KOSTAT) oʻrtasida 2011 yil 24 avgustda imzolangan “Statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Anglashuv memorandumi”ga muvofiq tashkil etildi.

Tashrif davomida 25-26 mart kunlari Davlat statistika qoʻmitasida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar oʻtkazildi. Jumladan, KOSTAT vakillari “Koreya Milliy Statistika tizimi”, “Jamoat bilan aloqa”, “Aholini roʻyxatga olish va demografiya statistikasi tizimlari”, “Xalqaro Migratsiya Statistikasi” mavzularida taqdimotlar oʻtkazishib, Koreya Respublikasi tajribasi toʻgʻrisida batafsil axborot berishdi.

Shuningdek, Davlat statistika qoʻmitasi vakillari qoʻmitaning faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, vazifalari bilan mehmonlarni tanishtirishdi.

KOSTAT delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi va Davlat statistika qoʻmitasi vakillari bilan uchrashuvlari juda iliq va doʻstona ruhda oʻtdi.

Поделиться