O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Beybut Atamkulov: “Oʻzbekiston – Qozogʻiston hamkorligi yuqori surʼatlarda rivojlanmoqda”

2019-03-28 | Jamiyat

Qozogʻiston Respublikasi poytaxti Nursulton shahrida Markaziy Osiyo davlatlari jurnalistlari uchun press-tur tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida 27-mart kuni Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov Oʻzbekiston – Qozogʻiston koʻp qirrali hamkorligining joriy holati vaistiqbollari haqida OʻzA muxbiriga intervyu berdi.
 
– Bugungi kunda Oʻzbekiston – Qozogʻiston oʻzaro manfaatli hamkorligi yuqori surʼatlarda rivojlanmoqda. Bunga ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi tashriflari chogʻida erishilgan kelishuvlar muhim oʻrin tutmoqda.
 
Soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo-sotiq, investitsiyalar hajmi sezilarli ortdi, asrlar davomida quda-anda boʻlib yashagan xalqlarimiz oʻrtasidagi bordi-keldilar faollashdi.
 
Bugungi kunda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash hamkorligimizning ustuvor yoʻnalishlaridan. 2018-yilda mamlakatlarimizning tovar aylanmasi hajmi 3 milliard AQSH dollaridan oshdi,bu 2017-yilga nisbatan qariyb 50 foizga koʻp.
 
BizPrezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuksak baholaymiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. 
 
Qoʻshni Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikka iqtisodiy rivojlanish, oʻzaro murosa, diplomatiya yoʻli bilan erishish mumkin. Shu bois Oʻzbekiston tashabbusi bilan Afgʻonistonda tinchlikka erishishga qaratilgan qoʻshma loyihalar ustida ish olib boryapmiz. Afgʻonistondagi xotin-qizlarni Qozogʻiston va Oʻzbekistonda oʻqitishga doir loyiha, temir yoʻl qurilishiga oid dastur shular jumlasidan.
 
Hozirgi kunda Qozogʻistonda tarixiy jarayon kechmoqda – Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev prezidentlik vakolatini topshirishga qaror qildi. 20 mart kuni Konstitutsiyaga muvofiq, Prezident vakolatlariparlament Senati Raisi Kasim-Jomart Tokayevga oʻtdi. Yangi yetakchi rahbarligidagi Qozogʻiston bundan buyon ham Oʻzbekiston bilan iqtisodiy va boshqa koʻplab sohalar boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish niyatida.
 

M.Anisimova yozib oldi, OʻzA

Поделиться