O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniyalik mutaxassis Namangan muhandislik-qurilish institutida

2019-03-28 | Fan

Namangan muhandislik-qurilish instituti Germaniyadan keltirilgan oʻquv laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi.

Institutning “Fizika” kafedrasiga oʻrnatilgan jihozlarni ishga tushirish va oʻquv jarayonida foydalanish boʻyicha tajriba almashish uchun Germaniyaning Gottingen universiteti oʻqituvchisi Bermann Shtaynmayer institutga tashrif buyurdi.

Xorijiy mutaxassis oʻquv laboratoriya jihozlaridan biri Maykelson interferometrining ishlash prinsipini nazariy va amaliy jihatdan tushuntirib berdi. Ushbu keltirilgan laboratoriya jihozining texnika xavfsizligi hamda lazer nurining toʻlqin uzunligini va uning qutblanganlik darajasini aniqlash usullariga batafsil toʻxtaldi.

Bermann Shtaynmayer institut professor-oʻqituvchilari, yosh ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar bilan jahon ilm-fani olimidagi soʻnggi yangiliklar borasida suhbatlashib, oʻzaro fikr almashdi.

Поделиться