O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Oʻzstandart” agentligida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2019-03-27 | Jamiyat
Joriy yilning 26-mart kuni “Oʻzstandart” agentligiga Xitoy Xalq Respublikasining “A-Test Complience Services Ltd.Co.” kompaniyasi prezidenti Sao Sin rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tadbirda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori oʻrinbosari J.Shukurov suhbatda 2017-yil 12-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot alohida ahamiyat kasb etishi taʼkidlab oʻtildi.
Mehmonlarga “Oʻzstandart” agentligining faoliyati va soha yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlar boʻyicha toʻlaqonli maʼlumot va birga tashkil etilishi mumkin boʻlgan investitsiya loyihalari taqdim etildi.
Suhbat chogʻida standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, sifat milliy infrastrukturasini rivojlantirish, ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish, axborot texnologiya sohalarida yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy tajriba oshirish yuzasidan hamkorlikni yanada rivojlantirish, metall, oziq ovqat mahsulotlari va energiya samaradorligi sinovlari boʻyicha qoʻshma korxonalar ochish boʻyicha fikr almashildi.
“A-Test Complience Services Ltd.Co.” kompaniyasi vakillariga Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining sinov laboratoriyalari koʻrsatildi.
Uchrashuv soʻngida Xitoy Xalq Xitoy Xalq Respublikasining “A-Test Complience Services Ltd.Co.” kompaniyasi prezidenti Sao Sin “Oʻzstandart” agentligi rahbariyatiga iliq qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, Agentlik tizimini rivojlantirishda zarur ishlar olib borishga tayyor ekanligini bildirdi. Va oʻz navbatida Agentlik mutaxassislarini Xitoy davlatiga faoliyat bilan tanishish uchun taklif etdi. Tadbirda mamlakatimizdagi “Oʻzbek-Xitoy” savdo uyushmasi raisi Chang King xonim ham ishtirok etdi.