O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi

2019-03-27 | Ta’lim

Joriy yilning 25-26-mart kunlari Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Ibrohim Djurayev joylarda maktab infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Ibrohim Djurayev Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi masʼul rahbarlari bilan birgalikda viloyatning Yakkabogʻ tumanidagi 2019-yilda “Obod qishloq” dasturiga binoan taʼmirlanadigan umumtaʼlim maktablar va dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar oʻrganildi.

Viloyat xalq taʼlimi tizimi rahbarlariga dastur doirasida olib boriladigan taʼmirlash va qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish boʻyicha kerakli topshiriqlar berildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Obod qishloq” dasturini 2019 yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan Qashqadaryo viloyatida jami 42 ta maktablarda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Dastur doirasida viloyatning Yakkabogʻ tumanidagi Sovuqbuloq, Yashnobod va Qayragʻoch mahallalarida joylashgan 5 ta umumtaʼlim maktablarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirilish rejalashtirilgan.

Поделиться