O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻshinlarining jangovar shayligi toʻsatdan tekshirilmoqda

2019-03-27 | Jamiyat

26-mart kuni ertalabdan mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻining farmoyishiga koʻra Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻshinlari yuqori jangovar shaylik holatlariga keltirildi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligini toʻsatdan tekshirish rejasiga asosan, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidan vazirlik boʻlinmalarining jangovar shaylik darajasi bosqichma-bosqich tarzda oʻquv sinovlaridan oʻtkazilmoqda. Bu galgi tekshiruvga Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugining barcha harbiy boʻlinmalari jalb etildi. Oʻquv mashqlari joriy yilning 26-29-mart kunlari Qashqadaryo viloyatidagi “Muborak” va “Nuriston” poligonlarida, shuningdek, harbiy okrugning boshqa hududlarida boʻlib oʻtadi.

Tekshiruvlarning asosiy maqsadi – boʻlinmalarning jangovar shayligi va jipsligini tahlil qilish va baholash, harbiy qismlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarning oʻquv-jangovar vazifalarni bajara olishga tayyorgarligini nazoratdan oʻtkazishdan iborat.

Toʻsatdan tekshiruvning birinchi kuni yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilgan boʻlinmalarning belgilangan hamda notanish hududlarga harakatlanishi va olib oʻtilishi masalalari amalda bajarildi. Shunday qilib, baʼzi boʻlinmalarning shaxsiy tarkibi Havo xujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlarining harbiy aviatsiyasi yordamida havo orqali olib oʻtilishi taʼminlandi. Qolgan boʻlinmalar shtatdagi harbiy texnikalarda uzoq masofalarga marsh uyushtirdi.

Sinov davomida boʻlinmalar bilan uzluksiz va doimiy boshqaruvni tashkil etishga asosiy eʼtibor qaratilyapti. Xavfsizlik talablariga, harbiy texnika va qurol-aslahalarning soz va shayligiga qatʼiy rioya qilinyapti.
Ushbu tadbirlarda ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilarning barqaror axloqiy-ruhiy holati qoʻyilayotgan oʻquv-jangovar vazifalarni sifatli bajarishga imkon yaratyapti.

Majmuaviy tekshiruvlarda Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligining hududiy boʻlinmalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondonining koʻrsatmasiga muvofiq, 2018-yilning noyabr oyida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligi birinchi marta keng koʻlamli toʻsatdan tekshiruvdan oʻtkazilgan edi.

Поделиться