O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018-yil yakuni boʻyicha ichki ishlar organlarining tayanch punktlari oʻrtasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlov gʻoliblari aniqlandi

2019-03-27 | Jamiyat

Joriy yilning 26-mart kuni poytaxtimizning “Turkiston” saroyida ichki ishlar organlarining tayanch punktlari koʻrik-tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yoʻldoshev ochib berdi. 

Shuningdek, koʻrik-tanlov gʻoliblariga mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.Mavlonov, Oliy Majlis Senati raisi N.Yoʻldoshev, Bosh vazir oʻrinbosari T.Narbayeva, Oliy sud raisi K.Kamilov, Bosh prokuror 3-darajali davlat adliya maslahatchisi O.Murodov, Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.Bobojonov, Ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Z.Almatov, Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Sh.Shokirov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D.Tashmuxamedova, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika Kengashi boshqaruvi raisi Sh.Javlonov, Inson huquqlarini himoya qilish Milliy markazi rahbari A.Saidov, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Kuranboyev, Oʻzbekiston xalq artisti Yo.Axmedovlar topshirishdi.

Tadbirda namunali tayanch punkti sovrindorlari bilan birga, “Eng fidoyi sektor rahbari”, “Ichki ishlar organi boshligʻining eng faol yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari”, “Ibratli xotin-qizlar qoʻmitasi raisi”, “Eng fidoyi mahalla raisi”, “Eng faol profilaktika inspektori”, “Adolatli yarashtirish komissiyasi raisi”, “Eng faol mahalla posboni”, “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha faol mutaxassis”, “Eng faol yoshlar yetakchisi” nominatsiyalari boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

Hududlar boʻyicha koʻrilganda, 1-hududda Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlari, 2-hududda Fargʻona, Namangan, Andijon viloyatlari, 3-hududda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, 4-hududda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bellashishdi.

Natijalarga koʻra, faxrli 1-oʻringa Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Xuvaydo” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 378-sonli, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahar, “Obod” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 49-sonli, Buxoro viloyati, Kogon tumani, “Taraqqiyot” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 65-sonli, Xorazm viloyati, Xiva shahar, “Gazchi” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 43-sonli tayanch punktlari profilaktika inspektorlari lozim topilib, 1-darajali diplom, Ichki ishlar vazirligining ramzi tushirilgan kubok, televizor hamda “Chevrolet Nexia 3” avtomashinasi bilan mukofotlandilar.

Faxrli 2-oʻringa Toshkent viloyati, Chinoz tumani, “Tong yulduzi” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 279-sonli, Andijon viloyati, Andijon shahar, “Barkamol” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 14-sonli, Navoiy viloyati, Navoiy shahar, “Tinchlik” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 14-sonli, Jizzax viloyati, Zomin tumani, “Mustaqillik” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 147-sonli tayanch punktlari profilaktika inspektorlari lozim topilib, 2-darajali diplom, Ichki ishlar vazirligining ramzi tushirilgan kubok hamda kompyuter toʻplami bilan mukofotlandilar.

Faxrli 3-oʻringa Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani, “Moʻminxoʻja” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 203-sonli, Namangan viloyati, Namangan shahar, “Ishonch” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 70-sonli, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, “Sangardak” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 285-sonli, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, “Sharq yulduzi” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 447-sonli, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, “Istiqlol” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 14-sonli, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani, “Qirqqiz” ovuliga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 190-sonli tayanch punktlari profilaktika inspektorlari lozim topilib, 3-darajali diplom, Ichki ishlar vazirligining ramzi tushirilgan kubok hamda televizor bilan mukofotlandilar.

Shuningdek, “Eng faol profilaktika inspektori” nominatsiyasi boʻyicha Navoiy viloyati, Karmana tumani, “X.Xisrav” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organining 56-sonli tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant Bobomurod Teshayev lozim topilib, diplom, Ichki ishlar vazirligining ramzi tushirilgan kubok va televizor bilan mukofotlandi.

“Ichki ishlar organi boshligʻining eng faol yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari”nominatsiyasi boʻyicha Toshkent viloyati, Boʻka tumani IIB boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Jamshid Akmalov, Namangan viloyati, Chortoq tumani IIB boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, mayor Bobir Inamov, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani IIB boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, mayor Dilshod Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy tumani IIB boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Maksetbay Otegenov va “Eng fidoyi sektor rahbari” nominatsiyasi boʻyicha Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani 1-sektor rahbari, Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi Aʼzamxon Baxromov, Namangan viloyati, Mingbuloq tumani 2-sektor rahbari, Mingbuloq tumani prokurori Muhamadixon Jurayev, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani 3-sektor rahbari, Sariosiyo tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Farrux Toirov, Jizzax viloyati, Jizzax shahar 1-sektor rahbari, Jizzax shahar hokimi Akbar Shukurov lozim topilib, diplom va Ichki ishlar vazirligining “Esdalik sovgʻasi” bilan mukofotlandilar.

“Eng fidoyi mahalla raisi” nominatsiyasi boʻyicha Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Sohibkor” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Xikmat Qoplonbekov, “Eng faol mahalla posboni” nominatsiyasi boʻyicha Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, “Shodlik” mahallasi posboni Elyor Shokirov, “Ibratli xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” nominatsiyasi boʻyicha Samarqand viloyati, Jomboy tumani hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Xalima Oʻsarova, “Adolatli yarashtirish komissiyasi raisi” nominatsiyasi boʻyicha Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, “Maʼrifat” mahalla fuqarolar yigʻini huzuridagi Yarashtirish komissiyasi raisi Xolnisa Ergasheva, “Eng faol yoshlar yetakchisi” nominatsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Fargʻona akademik litseyi Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchisi Gullola Xaydarova, “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha faol mutaxassis”nominatsiyasi boʻyicha Andijon viloyati, Andijon shahar, “Gʻayrat” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi Nodira Xolmirzayeva lozim topilib, diplom va Ichki ishlar vazirligining ramzi tushirilgan kubok hamda hamkor tashkilotlarning sovgʻalari bilan mukofotlandilar.

Taqdirlash marosimida taniqli sanʼatkorlarning chiqishlari tadbirga fayz bagʻishladi.

Oʻz navbatida barcha mukofotlanganlarni samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Поделиться