O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
EʼLON
2019-03-27 | Ta’lim
27 mart kuni soat 10:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-xollida “Nashriyotlar faoliyati: bugungi kitobxon ehtiyojini qondirishning dolzarb masalalari” mavzuida amaliy seminar boʻlib oʻtadi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi toʻgʻrisida” 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qarorining ijrosini taʼminlash boʻyicha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yilga moʻljallagan ish rejasiga muvofiq oʻtkaziladi.
Tadbirda Respublikadagi barcha nashriyotlarning Bosh muharrirlari, yetakchi muharrirlari , rassom-dizaynerlari, texnik muharrirlari ishtirok etishadi.
Seminarga ishtirok etish uchun jurnalistlar, mutaxassislar va blogerlar taklif etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefon:
71 244-23-72, 71244-31-85, 71 244-35-35.