O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Peshkoʻ tumanida sayyor qabul tashkil etildi

2019-03-26 | Jamiyat

Xalq bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish hamda ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida Peshkoʻ tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida viloyat sektor rahbarlarining sayyor qabuli oʻtkazildi.

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida tashkil etilgan sayyor qabul jarayonida aksariyat murojaatlarda yoʻl, elektr energiya, maktabgacha taʼlim maskanlarini barpo etish, shuningdek tadbirkorlik jarayoniga noqonuniy aralashuvlarga oid masalalar koʻtarildi.

Men viloyat hokimiga ish soʻrab murojaat qildim deydi – fuqaro Zarina Rizayeva. - Murojaatim bunchalik tez hal boʻlishini kutmagandim. Shu joyning oʻzida 34 maktabgacha taʼlim muassasasiga oshpazlikka ishga qabul qilindim. Haqiqatdan sayyor qabullar xalqning dilidagi orzu-armonlarini roʻyobga chiqarishiga ishonch hosil qildim. Buning uchun barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi Ravshan Jumayev 3 ta egizak farzandning otasi hisoblanadi. Ammo biror ish oʻrniga ega boʻlmagan fuqaroning viloyat hokimiga murojaatidan soʻng kunlik patronaj xizmati, moddiy yordam, farzandlari uchun kerakli buyumlar ajratildi. Shuningdek, fuqaroning bandligini taʼminlash boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul jarayonida birgina hokimlik sektoriga 45 ta murojaatlar kelib tushib, ularning aksariyati joyida hal etildi.

Поделиться