O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moskva shahridagi uchrashuv
2019-03-26 | Siyosat
2019-yilning 25-mart kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari – stats-sekretar Grigoriy Karasin bilan uchrashdi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston-Rossiya strategik hamkorligi va ittifoqi kun tartibidagi dolzarb mavzular, shuningdek, baʼzi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin oʻrtasida 2018-yilning 18-19-oktabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilgan muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuvda 2019-yilda boʻlib oʻtadigan turli darajalardagi ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi.