O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi iqtisodiy islohotlarning oʻsish koʻrsatkichlari

2019-03-26 | Iqtisodiyot

Ijtimoiy sohada:

Toshkent iqtisodiyoti izchil rivojlanmoqda. Poytaxtimizda mahalliy byudjetdan ijtimoiy soha muassasalariga 2018 yilda jami 1 trln. 851 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan. 2019 yilda 2 trln. 383 mlrd. soʻm mablagʻni yoʻnaltirish rejalashtirilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 28 foizga koʻpdir.

Xususan, maktabgacha taʼlim muassasalariga mahalliy byudjetdan 2018 yilda 377.1 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ sarflangan. 2019 yilda xarajatlar 32 foizga oshirilib, 499 mlrd. soʻmga oʻsdi. Jumladan, bogʻcha tarbiyalanuvchilarining 1 nafariga oʻtgan yili 3.3 mln. soʻm miqdorida mablagʻ sarflanib, joriy yilda bu maqsad uchun 4.3 mln. soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, umumtaʼlim sohasiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar ham oʻtgan yilga nisbatan 37 foizga hamda sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalariga dori taʼminoti uchun ajratiladigan xarajatlar oʻrtacha 49 foizgacha oʻsishi kuzatilmoqda.

Yoʻl infratuzilmasi yoʻnalishida:

Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2019 yilda poytaxtimizdagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki koʻchalarni joriy taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxat tasdiqlangan. Bu maqsadlar uchun mahalliy byudjetdan qariyib 188 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ sarflanishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylaridagi xarajatlar:

Joriy yilning dastlabki ikki oyida Olmazor tumanidagi Nurafshon koʻchasida 6 ta 7 qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Mazkur turar joylarni barpo etish uchun barcha manbaalar hisobidan 58,2 mlrd. soʻm mablagʻ sarflandi.

Hazrati Imom majmuasi hududida “Islom madaniyati markazi” qurilishi munosabati bilan shu hududda uy-joylari buzilishga tushgan oilalarga Nurafshon koʻchasida qurilgan koʻp qavatli uy-joylardan 221 ta xonadon taqdim etildi.

Bundan tashqari Mirobod tumanidagi Toshkent shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasining birinchi bosqichdagi qurilish ishlariga 87,8 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ sarflandi. Natijada shifoxonaning 7 ta boʻlimi uchun yangi bino qurildi va davolash boʻlimi qayta rekonstruksiya qilindi.

2019 yilda Olmazor tumani “Yoshlik” talabalar shaharchasi hududidagi Universitet koʻchasi qayta rekonstruksiya qilindi. Bu yerda bajarilgan qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga qariyib 17 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi. Natijada avtoturargoh qurildi, Farobiy va Universitet koʻchasi kesishmasida Beruniy maydoni tashkil etildi va ulugʻ ajdodimizning haykali oʻrnatildi.

Shu bilan birga bu yil Chilonzor tumanidagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazi” binosini qayta rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Bu maqsadlar uchun 7,2 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

Obodonlashtirish tizimida:

2019 yilda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi markaziy koʻchalardan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash ishlari uchun 5 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

Поделиться