O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Egri yoʻlning oxiri

2019-03-26 | Iqtisodiyot

Bu yoʻl hech qachon yaxshilik bilan tugamaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi xodimlari mavjud imkoniyat va qulayliklardan qonunga zid ravishda foydalanmoqchi boʻlayotgan “tadbirkorlar” faoliyatiga chek qoʻyishdi.

Nazorat tadbirlari davomida jami bahosi 156 million 083 ming soʻmlik chet el aksiz markali alkogol mahsulotlari, avtomobil ehtiyot qismlari, texnik balonlarga gaz qoʻyish uskunalari soxta tadbirkorlardan olib qoʻyildi.

Xususan, Nukus shahar, Qoskol-2, 6-koʻcha, 2-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Gulzar Turimbetovaga tegishli boʻlgan 55 turdagi jami bahosi salkam 21 mln. soʻmlik chet el markali alkogol mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi.

Shuningdek, Nukus shahar, J.Aymurzayev koʻchasi, 61-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Baymurat Fazilovga tegishli boʻlgan 27 turdagi jami bahosi 5 mln. 700 ming soʻmlik chet el markali alkogol mahsulotlari rasmiylashtirilib, olib qoʻyildi.

Beruniy tumani Semurgʻ koʻchasida yashovchi fuqaro Muxammaddin Qalandarov esa oʻz uyida yashirin ravishda texnik balonlarga gaz quyish bilan shugʻullanib turganligi aniqlandi.

Daliliy ashyo sifatida 1 turdagi 74 mln. soʻmlik asbob-uskunalar vaqtincha saqlash uchun olib qoʻyildi.

Soliq idoralari xodimlari tomonidan Moʻynoq tumani, Jiyemuratov koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro Mukarama Batirjanovaning noqonuniy faoliyatiga ham chek qoʻyildi. Shu bois, soxta tadbirkorimizga tegishli boʻlgan 88 turdagi jami bahosi salkam 28 mln. soʻmlik avtomobil ehtiyot qismlari xolis guvohlar ishtirokida vaqtincha saqlash uchun rasmiylashtirildi.

Nukus shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Mikratov koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro Muxtar Tursinbayev noqonuniy ravishda har xil turdagi qoʻlbola usulda ishlangan alkogol ichimliklarini sotib turganligi maʼlum boʻldi. Tabiiyki, unga tegishli boʻlgan 36 turdagi jami bahosi 22 mln. 392 ming soʻmlik qoʻlbola usulda ishlangan alkogol ichimliklari xolis guvohlar ishtirokida vaqtincha saqlash uchun rasmiylashtirildi.

Xuddi shu kuni Nukus shahar, 23-kichik tuman, 3/8-uy, 1-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Amir Djaqsimuratovga tegishli boʻlgan 2 turdagi jami bahosi 6 mln. 100 ming soʻmlik kiyim-kechak mahsulotlari xolis guvohlar ishtirokida vaqtincha saqlash uchun rasmiylashtirilib olindi.

Поделиться