O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlim vaziri 22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qildi

2019-03-26 | Ta’lim

Xalq taʼlim vaziri Sherzod Shermatov 25 mart kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qildi.

Vazir oʻzi tahsil olgan oʻquv muassasasiga sovgʻa qilgan kitoblar asosan, oʻgʻil-qizlar maʼnaviyatini yuksaltiruvchi adabiyotlardan, yaʼni qiziqarli ertak, shuningdek, oʻzbek va jahon adabiyoti namunalaridan iborat.

- Kitob – bilim bulogʻi. Insonning maʼnaviy ulgʻayishida kitob muhim ahamiyat kasb etadi. Farzandlarimiz qalbida kitobga nisbatan mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, ularda mutolaaga boʻlgan ishtiyoqni oshirishimiz lozim, – dedi Sherzod Shermatov.

Eslatib oʻtamiz, 19 mart kuni Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targʻib qilish masalalari atroflicha muhokama qilingan edi. 

Yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida “Har bir rahbar oʻzining shaxsiy kutubxonasidan oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilsa, bu yaxshi tashabbus boʻlib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, deya taʼkidlagan edi.

Xalq taʼlimi vazirligi ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlaydi va barchangizni unda ishtirok etishga chorlaydi.

Поделиться