O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekistonda MDH davlatlari bilan hamkorlikda pedagogik kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi
2019-03-26 | Ta’lim
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Moskva pedagogika davlat universiteti rektori Aleksey Vladimirovich Lubkov boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov Aleksey Lubkov bilan Moskva pedagogika davlat universiteti bilan tuzilgan yoʻl xaritasiga muvofiq MDHga aʼzo davlatlar bilan hamkorlikda pedagogik kadrlar tayyorlash, taʼlim sohasida Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda hamkorlikda pedagog kadrlarni tayyorlash, rus tili va adabiyotining oʻqitilishi, shuningdek, Oʻzbekistonda talabgar boʻlgan sohalar boʻyicha hamkorlikda kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildi.
Rossiyalik mehmonlar yurtimizga tashrifi davomida asosiy hamkori - Toshkent davlat pedagogika universitetida ham boʻlib, bir qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish koʻzda tutilgan. Jumladan, bakalavriat hamda magistratura yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish masalasi ham muhokama qilinadi.
Maʼlumot uchun, 2017 yil 12 avgustda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Moskva pedagogika davlat universiteti oʻrtasida oliy taʼlim va fan sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangan.