O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turniri

2019-03-26 | Sport

Shu yil 25-30 mart kunlari poytaxtimizda “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turniri oʻtkaziladi. 

Faqat shifokorlar qatnashish huquqiga ega ushbu turnirda Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston nomidan ikkita jamoa gʻoliblik uchun bahs olib boradi. 

Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizda musobaqaga qurʼa tashlash marosimi tashkil etildi. Unda xalqaro turnir ishtirokchilari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Qurʼa natijasida jamoalar ikki guruhga taqsimlandi. A guruhidan Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston terma jamoalari joy olishdi. V guruhini esa shimoliy hudud vakillari, yaʼni Qozogʻiston, Belarus va Ukraina jamoalari toʻldirdi. Nima ham derdik, bu qurʼa va uning koʻzi koʻr, deb bejiz aytishmagan. 

Rossiya nomidan ushbu turnirda 40 yoshdan yuqori boʻlgan shifokor-futbolchilar ishtirok etish istagini bildirgan. Ular bu yoshda jahonning uch karra chempioni sanaladi. Biroq, ruslar poytaxtimizga faqat 28 mart kuni yetib kelishadi. Shu sababli ular guruh bahslarida qatnasholmaydi. Tashkilotchilar shuni hisobga olgan holda Oʻzbekistondan ham 40 yoshdan yuqori boʻlgan shifokorlar jamoasini tuzishdi va ular rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turnirida 5-8-oʻrinlar uchun kurashadi. 

Musobaqa nizomiga koʻra oʻz guruhida gʻolib chiqqan jamoa yarim finalda narigi guruhda 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoaga qarshi final yoʻllanmasi uchun maydonga tushadi. Gʻoliblar finalga yoʻl olishsa, magʻlub jamoalar 3-oʻrin uchun bahs olib boradi. 

Guruh bosqich oʻyinlari “Milliy” stadionda oʻtkazilsa, yarim final va final oʻyinlari “Jar” stadionida tashkil etiladi. 

Musobaqa taqvimi. 

1-tur. 26 mart 

11:00. Qirgʻiziston – Tojikiston 

14:00. Qozogʻiston – Belarus 

2-tur. 27 mart 

11:00. Oʻzbekiston – Qirgʻiziston 

14:00. Ukraina – Qozogʻiston 

3-tur. 28 mart 

11:00. Tojikiston – Oʻzbekiston 

14:00. Belarus – Ukraina 

Yarim final oʻyinlari 29 mart, final va 3-oʻrin uchun bahs esa 30 mart kuni oʻtkaziladi. 

 

Otabek Eshmamatov, Muhammad Amin (surat) OʻzA

Поделиться