O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
I xalqaro Toshkent yarim marafoni qanday oʻtdi?
2019-03-25 | Sport
24-mart kuni soat 9:00 da “Navroʻz” xalqaro yarim marafoniga start berildi. Marafonda 1700 ga yaqin dunyoning 28 davlatidan kelgan professional va havaskor atletlar qatnashishdi. Shundan 680 nafar ishtirokchi 21 km masofa boʻyicha, 1000 ga yaqini esa 5 km masofa boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Shuningdek, I xalqaro Toshkent yarim marafoni doirasida imkoniyati cheklanganlar uchun 1 kilometr masofaga yugurish bahslari ham oʻtkazildi.
Finish chizigʻiga yetib kelgan har bir gʻolib qarsaklar sadosi ostida kutib olinib, ularning har biriga maxsus marafon medallari topshirildi. Bahoriy gullar bilan bezatilgan sahnada gʻoliblarni qutlash uchun sanʼatkorlar ishtirokida konsert dasturi ham tashkil etildi.
Sahna yaqinida oʻrnatilgan monitor orqali esa ishtirokchilarni onlayn tarzda kuzatish imkoniyati ham yaratildi.
5 km masofa boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi bahsda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar:
Otabek Toshquvvatov
Humoyun Mahkamov
Xurshid Ahmadaliyev
5 km masofa boʻyicha qizlar oʻrtasidagi bahsda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar:
Azizaxon Mirzaakbarova
Shohsanam Xurramova
Marjona Baratova
21 km masofa boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi bahsda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar:
Linkiang Yang (Xitoy Xalq Respublikasi)
Adilet Kыshtakbekov (Qirgʻiziston Respublikasi)
Andrey Petrov (Oʻzbekiston Respublikasi)
21 km masofa boʻyicha qizlar oʻrtasidagi bahsda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar:
Dariya Maslova (Qirgʻiziston Respublikasi)
Sitora Hamidova (Oʻzbekiston Respublikasi)
Yekaterina Tunguskova (Oʻzbekiston Respublikasi)
1 oʻrindan 8 oʻringacha yetib borgan gʻoliblar 12 million soʻmdan 3 million soʻmgacha pul mukofoti, diplom va medallar bilan taqdirlandi