O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termiz Xalqaro festivalga tayyormi?

2019-03-25 | Madaniyat

Termiz shahrida joriy yilning 5-10 aprel kunlari Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali boʻlib oʻtadi.

Surxondaryo viloyatida mazkur tadbirga puxta hozirlik koʻrilmoqda. Xalqaro festivalga dunyoning 80 ga yaqin davlatidan mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Mamlakatimizda ilk marta oʻtkazilayotgan ushbu tadbir doirasida baxshichilik va dostonchilik sanʼatini rivojlantirish, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining xalqimiz madaniyati va sanʼatidagi oʻrnini, ahamiyatini yanada oshirish masalalariga oid ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish belgilangan. Xorijiy va Oʻzbekiston baxshichilik sanʼati ustalarining yakka konsertlari, baxshi-shoir, oqin va jirovlar, folklor jamoalarining Xalqaro koʻrik-tanlovi va sayllar tashkil etish, dunyoga mashxur shaxslarimiz hayoti va ijodiy faoliyati haqida zamonaviy usulda sahnalashtirilgan dasturlar, baxshichilik sanʼati tarixiga oid koʻrgazmalar, oʻzbek, arab, fors, ingliz, rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari, ilmiy-maʼrifiy adabiyotlar namoyishiga alohida oʻrin ajratilgan. Baxshilar oʻrtasida Xalqaro koʻrik-tanlov oʻtkaziladi. Shuningdek, oʻzbek milliy taomlari festivali tashkil etiladi.

Termiz shahrida festival oldidan oʻtkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida ana shu haqda atroflicha fikr yuritilib, viloyatda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari jumladan, Termiz xalqaro aeroporti, Temir yoʻl vokzali va festivalning asosiy tadbirlari oʻtadigan Sanʼat saroyi hududi hamda koʻchalarda amalga oshirilayotgan ulkan qurilish-obodonlashtirish ishlari haqida maʼlumot berildi. Festival bilan bogʻliq jarayonlar va tadbirga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini ommaviy-axborot vositalarida keng yoritib borish yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

 

Xolmoʻmin Mamatrayimov, Jonibek Qoʻzimurodov (surat), OʻzA

Поделиться