O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashqi ishlar vazirligida yigʻilish
2019-03-25 | Siyosat
2019-yilning 24-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Alisher Abdualiyev TIVda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chogʻida bergan topshiriqlarini xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan bajarilishining amaliy jihatlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Hisob palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari va Xorazm viloyati hokimligi rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizning Saudiya Arabistoni, Malayziya va Turkmanistondagi Elchilari videoaloqa orqali Xorazm viloyatidagi xorijiy kapital ishtirokidagi va zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan aniq investitsion loyihalar boʻyicha hisobot berdilar.
Yigʻilishda viloyatga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oqimini oshirish va buning uchun zarur sharoitlarni yaratish istiqbollari ham muhokama qilindi.