O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda balandligi 57 metr boʻlgan Davlat bayrogʻi oʻrnatiladi
2019-03-20 | Jamiyat
Esingizda boʻlsa, oʻtgan yili poytaxt aholisi va mehmonlari uchun sevimli maydonga aylangan “Xalqlar doʻstligi” saroyi hududida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi oʻrnatilgan edi. Yuqorida hilpirab turgan mahobatli bayroqning balandligi 65 metr, hajmi 20 metrga 10 metr.
Mamlakat gʻururi va iftixori – Davlat bayrogʻi oʻrnatilgan ushbu maydonga tashrif buyurgan har bir vatandoshimizga oʻzgacha kayfiyat bagʻishlamoqda. Har bir fuqaro ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuygʻularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollaridan biri boʻlgan bayroqni ulugʻlash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bugun poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek va Maxtumquli koʻchalari kesishmasida balandligi 57 metr boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi oʻrnatiladi.
Toshkent shahridagi mazkur hududda bahoriy ayyom Navroʻz munosabati bilan “Navroʻz” nomli sayilgoh ochiladi va musiqali favvora ham ishga tushiriladi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Xurshid Qodirov, OʻzA