O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kuchli dzyudochilar aniqlandi

2019-03-20 | Sport

Qarshi shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan 1999-2000 yillarda tavallud topgan yigit-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan chempionatda 400 nafarga yaqin polvon 16 vazn toifasida oʻzaro bahslashdi. 

Mamlakat birinchiligining oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bellashuvlarida Akrom Boʻronov, Shohruxxon Baxtiyorov, Jaloliddin Boynazarov, Jaloliddin Qurbonmurodov, Shahobiddin Hamroyev, Asad Obidov, Bobur Vadjiyev, Dilshodbek Yoʻldoshev oʻz vazn toifalarida gʻolib boʻldi. 

Qizlar oʻrtasida Koʻhinurbonu Ikromova, Yulyana Maxsetbayeva, Shohista Anorova, Rinata Ilmatova, Ibodatxon Agajonova, Farangiz Xolmurodova, Shohista Nazarova, Sita Qadamboyeva shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldilar. 

 

J.Toshxoʻjayev, OʻzA

Поделиться