O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

2019-03-20 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni bugun Prezident vakolatlarini zimmasidan soqit etish toʻgʻrisida eʼlon qilgan Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev bir-birlarini samimiy qutlab, Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib, koʻp qirrali sermahsul hamkorlik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

Oʻzbekiston Prezidenti uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlari uchun mustahkam poydevor yaratishga qardosh Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti qoʻshgan hissani yuksak baholadi va chuqur minnatdorlik bilan qayd etdi.

Muloqotda Nursulton Nazarboyev rahbarligida zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega davlat barpo etilgani taʼkidlandi. Tinchlik va barqarorlik, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik taʼminlandi, mamlakatning xalqaro maydondagi obroʻsi mustahkamlandi. Bugun Qozogʻiston dunyoning 50 rivojlangan davlatlari sirasiga kiradi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va Qozogʻiston xalqiga xizmat qilish yoʻlida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar davlatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro ishonch va hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Поделиться