O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pnevmatik kardiodilatator ishlab chiqildi

2019-03-19 | Fan

Tibbiyot olimlari tomonidan kardiospazmning hamda III-IV darajali kardiya axalaziyaning oʻtkazib yuborilgan shakllarida kardioezofageal oraliqning atravmatik dilatasiyasi (kengaytirilishi)ni amalga oshirish imkonini beruvchi pnevmatik kardiodilatator konstruksiyasi ishlab chiqildi.

Kardiodilatator tarkibiga silikondan yasalgan hamda kanali havo uzatish uchun xizmat qiladigan naycha koʻrinishidagi zond, ushbu naychaga ulangan, gantel shakliga ega boʻlgan hamda kengayadigan koʻp qavatli ballon kiradi, bunda ballonning ichki va tashqi qatlamlari silikondan, oʻrtadagi armaturalaydigan qatlam esa qalin sintetik matodan bajarilgan. Zond uchi tiqin koʻrinishidagi rentgenokontrast tamgʻa bilan yopilgan. Zond havo uzatish kanalida joylashtirish uchun moʻljallangan metall sim bilan taʼminlangan. Simning bir uchi rentgenokontrast tamaga tiralib turadi, boshqa uchi esa zonddan tashqariga chiqib turadi.

Mualliflar Nizamxodjayev Zayniddin, Ligay Ruslan, Shagazatov Doniyor va Soy Aleksey, Nigmatullin Elnarlarga yaratgan qurilmalari uchun FAP 01357 raqamli patent oldilar.

Поделиться